Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan okrugdagi “Bodomtepa” mahallasida bo‘lib, mahallada “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan mahallada 3 nafar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgani, 8 nafar fuqaroni doimiy ishga joylashtirishga ko`maklashilgani, shuningdek yil boshidan buyon 10 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit mablag‘lari ajratilgani, 45 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishlarini aniqlash hamda ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga ko‘maklashish uchun zarur ishlar olib borilayotgani ma`lum bo‘ldi. Bundan tashqari 1 nafar fuqaroga mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mikroloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar tashkil etilib loyiha ishga tushirilgani ma`lum bo`ldi. 

Slide 1 of 3