Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
янв.21
Депутат томонидан Кураш зали ҳолати ўрганилди.
янв.21
Guliston tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-25-35-9-124-K/26-sonli qarori ijrosi doimiy nazoratda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish va bandlikka yangi qadam!
Ishtixon tumanida vegetatsiya davri uchun suvdan foydalanish limiti muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 2026-yil vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun suv resurslaridan foydalanish limitini ko‘rib chiqish va tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qaroriga muvofiq suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tanqisligi sharoitida aniq va manzilli choralar ko‘rish muhim vazifa etib belgilanganligi ta’kidlandi.

Mazkur talablar asosida tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan 2026-yil vegetatsiya davriga tayyorgarlik doirasida o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. Natijada suv manbalari holati, sug‘oriladigan yerlar hamda ekin turlari kesimida suvga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanib, hududlar kesimida ro‘yxatlar shakllantirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra:

  • suv bilan barqaror ta’minlangan hududlarda 456 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari faoliyat yuritib, jami yer maydoni 15 954,8 gektarni tashkil etadi;
  • suv bilan yetarli ta’minlanmagan hududlarda esa 352 ta yetishtiruvchi bo‘lib, ular tasarrufidagi yer maydoni 4 409,49 gektarni tashkil etadi.

Yig‘ilishda suv resurslaridan foydalanish limitlarini belgilashda suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, sug‘orish tizimlarining texnik holatini yaxshilash, suv isrofgarchiligini kamaytirish hamda suv taqsimotida shaffoflikni ta’minlash zarurligi alohida qayd etildi.

Yakunida ushbu yo‘nalishda belgilangan limitlarni tasdiqlash hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi. 

Slide 1 of 3