Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
#nazorat #o'rganish

Olmaliq shahar "Hamza" mahallasi hududidagi bekatlarning bugungi holati hamda jamoat transportlarining harakatlanish grafiklari yuzasidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayonda hudud deputati Alisher Samadov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva bevosita ishtirok etib, mavjud vaziyatni ko‘zdan kechirishdi.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi holatlar tahlil qilindi:

🔹Sanitar holat: Bekatlarning tozaligi va yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar.

🔹Tadbirkorlar mas’uliyati: Ayrim bekat hududlarini tadbirkorlar tomonidan asossiz egallab olinganlik holatlari tekshirildi.

🔹Grafik intizomi: Jamoat transportlarining belgilangan vaqt mezonlari asosida harakatlanayotganligi bevosita kuzatildi.

🗣Aholi takliflari — e’tiborda

Aholi tomonidan jamoat transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim taklif ilgari surildi:

"Shahrimizdagi barcha yo‘nalishlarda harakatlanayotgan kichik hajmli transport vositalarini zamonaviy va keng sig‘imli avtobuslarga almashtirish vaqti keldi."

📍Xulosa va choralar

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Aholi tomonidan bildirilgan avtobuslar sonini ko‘paytirish va transport parkini yangilash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Zero, shahar infratuzilmasi va transport xizmati eng avvalo xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishi lozim.

Slide 1 of 5