Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
Qonun ijrosi amalda

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyoqubova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Oshoq qal’a mahallasida joylashgan “Oila va xotin-qizlar maskani”da davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mahalla xotin-qizlar faollari hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. 

Slide 1 of 1