Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
янв.21
Депутат томонидан Кураш зали ҳолати ўрганилди.
янв.21
Guliston tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-25-35-9-124-K/26-sonli qarori ijrosi doimiy nazoratda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish va bandlikka yangi qadam!
янв.21
Депутат маҳалла инфратузилмасини яхшилаш мақсадида ўқув семинари ўтказди.
янв.21
Депутат иссиқхона фаолияти билан шуғулланувчи МЧЖ ни ўрганди.
Tumanda aholining sport bilan shug‘ullanishlari uchun sport inshootlarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini 2025-yil 12-14-noyabr kunlarida OAV da keng yoritish bo‘yicha tasdiqlangan MEDIA-REJA asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati D.Sherboyev tuman sport maktabida sport zallari, maydonlari va ulardagi mavjud sport anjomlarining holatini o‘rgandi.

Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanish ommaviy tus olmoqda. Sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin ko‘paymoqda. Bu borada tumandagi sport maktabida ham bir qancha ishlab amalga oshirib kelinmoqda. 

Ushbu maktabda 23 ta sport turidan to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda tumanda 1 ta stadion, 53 ta sport zallari, 37 ta basketbol, 50 ta voleybol, 49 ta gandbol, 1 ta tennis maydoni, 52 ta futbol maydoni, 49 ta mini-futbol maydoni, 16 ta sun’iy qoplamali mini-futbol maydon mavjud. Sport maktabida 56 nafar trenerlar (shundan 14 nafari ayollar) tomonidan 181 ta sport seksiyalarida muntazam ishlab kelmoqda. Muzrabot tumanida sportning ommaviyligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida sportni keng targ‘ibot va tashviqot etish maqsadida sport turlari bo‘yicha jami 2025-yilning shu kuniga qadar 47 ta ommaviy sport tadbirlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil etilgan.

O‘rganish davomida sport turlari bo‘yicha anjomlar holati va sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar yakunida deputat tuman sport maktabi mas’ullariga soha faoliyatini yanada yaxshilashga doir tavsiyalarni bildirdi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sport sohasini yuksaltirish borasida alohida chora-tadbirlar belgilab olish ta’kidlandi. 

Slide 1 of 7