35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Nurli kelajak mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Shu maqsadda bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining “23-Pattakesat” saylov okrugi deputati T.Berdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar "Nurli kelajak" mahallasida bo‘lib, Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining Termiz shahar filiali hodimlari ishtirokida fuqarolar qabulini o‘tkazdilar.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan yer munosabatlari, yer maydonlaridan foydalanish, yerga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masalalar hamda shu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat mas’ullar tomonidan alohida tinglanib, fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari va belgilangan tartiblar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ham tinglanib, mahalla hududida aholining kundalik hayotiga daxldor masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday qabullar aholining davlat tashkilotlari va deputatlar bilan bevosita muloqotini mustahkamlash, murojaatlarni quyi bo‘g‘inning o‘zida ko‘rib chiqish hamda “xalq deputatlari Kengashlari — xalq bilan” tamoyilini amalda ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash — doimiy nazoratda.
Slide 1 of 3