35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#sayyor qabul

    
Joriy yilning 17-avgust kuni tasdiqlangan reja-grafik asosida Bo‘ka tumani hokimi v.v.b. O.Xamdamov hamda Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Nishonov ishtirokida Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy masalalarni hal etish va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarga yechim topish va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash — doimiy e’tibordagi ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3