35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga kiritilgan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida manzilli ro‘yxatga kiritilgan ichki yo‘llarda belgilangan ishlar qay darajada amalga oshirilgani, ta’mirlash ishlarining boshlangani yoki boshlanmagani hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi masalalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Nazorat-tahlil tadbiri jarayonida tumanning “S.Raximov” mahallasidagi Barhayot ko‘chasidagi ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ushbu hududda ta’mirlash ishlari boshlanmaganligi aniqlandi.

🔺Deputatlar tomonidan aholi uchun muhim bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini asossiz ravishda kechiktirishga yo‘l qo‘ymaslik, manzilli ro‘yxatga kiritilgan obyektlar bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Aniqlangan holat yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 3