35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minotidagi muammo o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 14-Bahrin saylov okrugidan saylangan deputati U.Nurmuxamedov o‘z saylov okrugi hududidagi Qoraqo‘yli mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida tuman istirohat bog‘ida joylashgan transformatorga tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr tarmoqlari tartibsiz ravishda tortib ketilgani aniqlandi. Mazkur holat elektr ta’minotidan foydalanish tartibi va tarmoq xavfsizligi nuqtayi nazaridan tegishli choralar ko‘rilishini talab etadi.

🔎 Aniqlangan muammoni bartaraf etish, elektr tarmoqlaridan foydalanish tartibini o‘rganish hamda tarmoqni belgilangan talablar asosida tartibga keltirish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

⚡️ Aholini barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3