Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 12-“Samarqand” okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayevaga biriktirilgan shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Bekobod shahar M va MTBga qarashli 7-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishda O‘zbekiston XDP shahar kengashi raisi J.Artiqbayev va 7-sonmaktab direktori A.Qosimov ishtirok etdi. Mazkur maktabda 4 ta isitish qozonlari mavjud bo‘lib, barcha isitish qozonlari yangi o‘rnatilgan bo‘lib, soz holatga keltirilgan. Bugungi kun holatiga issiqlik quvurlari issiqlikni saqlash bo‘yicha izolyatsiya qilingan. Yakunida tegishli maslahatlar va tegishli tavsiyalar berildi.