Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan Obod mahallasi hududida joylashgan dorixonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida dori vositalarining saqlanish holati hamda narx-navosi ko‘zdan kechirildi. Natijada dori-darmonlar narxlarida avvalgi holatga nisbatan pasayish kuzatilganligi, shuningdek, dorixonalar D-MED platformasiga ulanganligi aniqlandi.
Mas’ullarga dori vositalarining belgilangan talablarga muvofiq saqlanishi va narx-navoning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.