35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Omonov Erkin Botirovich tomonidan “Yo‘l ayriq” mahallasida mahalla yettiligi vakillari hamda yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.

📝Muloqot davomida mahalladagi yoshlarni ishga joylashtirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

👥Yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2