35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YO‘LLAR OBODONLASHTIRILMOQDA: DEPUTATLIK TASHABBUSI BILAN ASFALT YOTQIZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Musaeva Dilnoza tashabbusi bilan “Yunusobod” mahallasida ta’mirtalab va asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelgan yo‘l qismlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

📍O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar asosida ayrim yo‘l qismlariga yangi asfalt qoplamasi yotqizilib, aholining transport va piyodalar harakati uchun yanada qulay sharoit yaratildi.

👉Mazkur ishlar aholi murojaatlarini o‘rganish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi deputatlik tashabbuslarining amaliy natijasi bo‘ldi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati hamda amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4