Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 32-sessiyasi avvalida deputatlar e’tiboriga sessiyaning kun tartibi va ish tartibi havola etildi.
Sessiya kun tartibiga 11 ta masala kiritilgani, har bir ma’ruzachi uchun 10 daqiqa, so‘zga chiquvchilar uchun esa 5 daqiqadan vaqt ajratilishi hamda sessiya ishini tanaffussiz 1,5 soat davomida yakunlash taklif etildi.
Mazkur taklif deputatlar tomonidan ochiq ovoz berish orqali ko‘rib chiqildi.
✅ Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, qarshi va betaraf ovozlar bo‘lmadi hamda 32-sessiyaning kun tartibi va ish tartibi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi masalalarni belgilangan tartib asosida ko‘rib chiqish boshlandi.