Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 32-sessiyasi davomida sessiyani belgilangan tartibda tashkil etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tarkibini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Taklifga ko‘ra:
🔹 19- saylov okrugidan saylangan deputat Xaliqulova Gulbahor Amirkulovna – sanoq komissiyasi raisi;
🔹 22- saylov okrugidan saylangan deputat Sadikova Barchin Musakulovna – sanoq komissiyasi a’zosi;
🔹 23- saylov okrugidan saylangan deputat Nurmamatova Sadokat Tagaevna – sanoq komissiyasi a’zosi etib saylash taklif etildi.
Deputatlar tomonidan boshqa nomzodlar bo‘yicha takliflar bildirilmagach, masala ochiq ovoz berish yo‘li bilan ko‘rib chiqildi.
✅ Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, taklif etilgan nomzodlar bir ovozdan sanoq komissiyasi tarkibiga saylandi.
Sanoq komissiyasi sessiya davomida ovoz berish jarayonlarining qonuniy, shaffof va xolis tarzda o‘tkazilishini ta’minlaydi.