Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, deputat O.Isanov Sadriddin Ayniy mahallasi saylovchilariga 2-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axboroti taqdim etildi.
➡️ Deputat tomonidan birinchi yarim yillik davomida 6 ta deputat so‘rovi tegishli tashkilotga yuborilgan. Shulardan, 3 tasi ijobiy hal etilgan, 2 tasi qisman bajarilgan, 1 tasi bajarilmagan.
➡️ Shuningdek, deputat tomonidan hisobot davrida ijtimoiy tarmoqlarda 55 marotaba chiqish amalga oshirilgan, saylovchilar bilan 9 marotaba uchrashuv o‘tkazilgan hamda Kengash sessiyalarida mahalla hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilganligi qayd etildi. Deputatning mazkur yo‘nalishlardagi faolligi alohida e’tirof etildi.
➡️ Uchrashuvda tuman hokimligining mas’ul xodimlari, tegishli tashkilot vakillar hamda mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo:
Sadriddin Ayniy mahallasi “Birodarlik” qabristoniga olib boruvchi o‘tish yo‘lidagi zovurlarning holatini yaxshilash. Shuningdek 22-maktabning Do‘ng ovul filialini ta'mirlash ishlarini yakunlash masalalari ko‘tarildi.