Joriy yilning 22-iyul kuni 24-Baxmal saylov okrugidan xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rasulov O‘rta-tepa MFY ijtimoiy xodimi Sh.Abdiyev bilan o‘rganish o‘tkazdi.
Ijtimoiy reyestrda jami 62 ta oila ro‘yxatda turadi. Shundan: Davlat ta’minotidagi oilalar – 12 ta, kambag‘al oilalar – 38ta, kambag‘allik chegarasidagi oilalar – 12 ta. O‘rganish natijasida 1 ta oilaga kiyim-kechak yordami, 10 ta oilaga
oziq-ovqat mahsulotlari kabi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.
Moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj oilalar bilan manzilli ishlar olib borilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilayotganligi aniqlandi.