35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
Hududlarda fuqarolar salomatligi va tibbiy xizmat sifati e'tiborda!
Tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, hududiy deputat D.Razzoqova hamda Ekspert guruhi a’zosi O.Nosirov ishtirokida navbatdagi o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi: Sohaga oid eng muhim hujjatlardan biri — "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va unda belgilangan fuqarolarning huquqlari hamda tibbiyot xodimlarining mas'uliyati bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
22-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi: Ushbu oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmon ta'minoti va tibbiy xodimlarning ish faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
"Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarida sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini ta'minlash doimiy nazoratimizda bo‘ladi," — deya ta'kidlashdi vakillar.

KENGASH_FAOLIYATI
Slide 1 of 4