35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Muxiddin Yarashev tomonidan Yo'ldosh Oxunboboyev mahallasida aholiga bepul berilayotgan dori-darmon vositalari ta’minoti va ularning fuqarolarga yetkazilish holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

💊 O‘rganish davomida imtiyozli toifadagi fuqarolarni dori-darmon bilan ta’minlash jarayoni, dori vositalarining mavjudligi, tarqatilish tartibi hamda aholining bu boradagi murojaat va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va bepul dori-darmonlar ta’minotini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.