35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat D.Mardonova Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. Mardonova hududdagi tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida Pastdarg‘om tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazda aholiga qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimi, navbatlarni boshqarish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlarini yanada sifatli va tezkor ko‘rsatish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, davlat xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish va fuqarolarning manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilad.

Slide 1 of 3