Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan “Aytim” mahalla fuqarolar yig‘inida ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz bilan ta’minlanish holatini o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimiga doir takliflar tinglandi. Shuningdek, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma holati va aholining murojaatlari yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
✅ Aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.