Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan o'z saylov okrugiga qarashli “Qalandarxona” mahalla fuqarolar yig'inida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan “Muzdalifa” pishiriqlar tayyorlash xususiy sexi faoliyati o‘rganildi.
Mahalla raisi va ijtimoiy xodim vakillari tomonidan ushbu korxonada xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilgani, shuningdek, mahalla yoshlarini kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Deputat tomonidan ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Bunday tashabbuslar mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi