Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va dolzarb masalalar o‘rganildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kundalik hayot bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholini o‘ylantirayotgan masalalarni joyida o‘rganish davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2