Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova O‘rikzor mahallasida faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi O‘RQ–528-sonli “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi hamda 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ–393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Tadbirda aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sanitariya madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.