Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Muhokamalar davomida taqdim etilgan ma’lumotlar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Yakunda kun tartibidagi masalalarni Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6