Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔰Deputat mahallada.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattarova “Ittifoq” MFY fuqarolari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi. Ushbu tadbir Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi tegishli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

🔸Muloqot davomida mahallada yechimini kutayotgan dolzarb masalalar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

🔸Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha soha masʼullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Muammolarning ijobiy hal etilishi deputat tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.