Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📌 Hududdagi islohotlar — xalq manfaatlari yo‘lida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.To`raqulova, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov tomonidan Oʻzbekobod mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Inson manfaatlari, xalq farovonligi va kambag‘allikni qisqartirish — ustuvor vazifa!

Slide 1 of 4