Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputat N.Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Zarafshon” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan hisoboti eshitildi.
O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, muammoli oilalar bilan ishlash hamda yosh qizlarning ta’lim va tarbiyasiga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish, ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlikka jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Mutasaddilar tomonidan xotin-qizlar faolining faoliyati yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7