Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari

✅Kengash doimiy komissiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini samarali tashkil etish va nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi. Uning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:

✅Doimiy komissiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha masalalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va Kengash sessiyasi muhokamasiga tegishli takliflar kiritadi.

✅Qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.

✅ Davlat organlari, korxona va tashkilotlardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash huquqiga ega.

✅Mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi hamda ularning faoliyati yuzasidan baholash ishlarini amalga oshiradi.

✅Aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib boradi.

✅ Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi.

Slide 1 of 1