Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🌿 Ehtirom va qadriyat — insoniylik mezoni

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Yo. Mo‘minova hamda O‘zbekiston “Nuroniy” xayriya jamoat fondi Bekobod tumani bo‘limi boshlig‘i J. Bo‘rixo‘jayev mustaqillik yillarida tumanimiz iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib, faolligi va jonbozligi bilan el hurmatiga sazovor bo‘lgan inson — Optikov Ilhomjon xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar.

Shuningdek, bir necha yillar davomida tumanimiz nuroniylariga bosh-qosh bo‘lib, sadoqat bilan xizmat qilgan marhum Ergash Ro‘ziboyev xonadonida bo‘lib, oila a’zolari bilan u kishining ibratli hayot yo‘li hamda mazmunli faoliyati haqida samimiy suhbatlashildi.

Bunday insonlarning mehnati va ezgu amallari el-yurt xotirasida doimo yashaydi.

Slide 1 of 2