Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do'squlova tuman hududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax–Gagarin” avtomobil yo‘nalishidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani yuzasidan holat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘prikning ayrim qismlarida yoriqlar va yemirilish holatlari kuzatilayotgani aniqlanib, bu holat transport vositalari harakati hamda fuqarolar xavfsizligi uchun jiddiy xavotir uyg‘otayotgani qayd etildi.

Mazkur holat bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan zudlik bilan ko‘prikning bugungi holatiga to‘liq baho berilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilish zarurligi ta’kidlandi, ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Fuqarolar xavfsizligi bilan bog‘liq bunday masalalar doimiy nazoratda bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlar nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 1