Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Toshboyeva o‘z saylov okrugidagi “Tuproqqo‘rg‘on” mahalla faoliyatini tahlil qildi. Tadbirda "Mahalla yettiligi"ning 2025-yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.
💬Uchrashuv ochiq muloqot va tanqidiy tahlil ruhida o‘tdi. Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi:
🔅Mahalla yettiligi:
- mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
- kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga subsidiyalar ajratish;
- hududda jinoyatchilikning oldini olish va "Xavfsiz mahalla" tamoyilini ta’minlash;
- "Yoshlar daftari" orqali ko‘rsatilgan yordamlar va yoshlar bandligi;
- ayollarni ijtimoiy himoya qilish va kasb-hunarga o‘rgatish;
- ijtimoiy himoya masalalari;
🔅Patronaj hamshirasi: Aholi salomatligi, onalar va bolalar parvarishi hamda tibbiy xatlov natijalari;
🔅Mahalla bankiri: Aholiga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari;
🔅BSK rahbari: Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish, tomlar, podvallar va yo‘laklarni ta’mirlash holati.
🫥Deputat hisobotlarni tanqidiy tahlil qilib, 2025-yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va 2026-yil uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ayniqsa, aholi murojaatlari bilan ishlashda "yettilik"ning hamjihatligi muhim ekanligi ta’kidlandi.