Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#kotibiyat_mudiri #162_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bobur Xamrayev tomonidan Navbahor mahallasida tadbirkor tomonidan tashkil etilgan zamonaviy muzlatgich majmuasi faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida mahsulotlarni saqlash uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, muzlatgichning texnik imkoniyatlari, saqlash jarayonlarining samaradorligi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilmani kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli saqlash va ularning bozor ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram

Slide 1 of 2