Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat mahalladagi ishlar bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Tallashqon saylov okrugi deputati Jovliyev Ravshan tomonidan Yuqori Xo‘jaqiya mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurilib, hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, hokim yordamchisiga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini ta'minlash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 5