Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A. Erkinov va S. Matyaqubova, Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi hamda deputat D. Sattorova ishtirokida ishchi guruh tuzilib, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish, pensiya tayinlash hamda qayta hisoblash jarayonlarining shaffofligi va qonuniyligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda pensiya ta’minoti tizimida qonuniylik va ochiqlikni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanida “Mustaqillik to‘yi” umumxalq sayillari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Ana shunday bayram tadbirlaridan biri Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, Dovud mahalla raisasi Ibragimova Nilufar Ergashevna boshchiligida Dovud mahallasida tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari X.Ibragimov va kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubovalar so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish va Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Bayram tadbiri davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Milliy qadriyatlarimiz va mehmondo‘stligimizni aks ettirgan bayram dasturxoni esa tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda deputat U. Allaberganov hamkorligida tuman Obodonlashtirish boshqarmasida tuman Kengashining navbatdagi 33-son sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasida issiqxona tashkil etish hamda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qarori talablaridan kelib chiqib o‘rganilib, issiqxona tashkil etish xarajatlarini qoplash uchun 100 000,0 so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari tuman Kengashining navbatdagi 33-son sessiyasida muhokama qilish va tegishli qaror qabul qilish uchun tavsiya etildi. Mazkur tashabbus hududni obodonlashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay va munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati U. Allaberganov Kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova bilan hamkorlikda o‘ziga biriktirilgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik va sanitariya-tozalash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-24-27-12-172-K/26-sonli “Qo‘shko‘pir tumani hududida ko‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi, belgilangan tariflar asosida xizmatlar ko‘rsatilishi hamda aholiga qulay va sifatli kommunal-maishiy xizmatlarni tashkil etish holati o‘rganildi.
Deputat tomonidan hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining murojaat va takliflariga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlik nazorati doirasida mazkur qaror ijrosini ta’minlash, aholining munosib yashash sharoitlarini yaxshilash va hududlarning obodligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari Saparov Ko‘palbek va Matyoqubova Lobar Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar vakillari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini taʼminlash, yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish hamda fuqarolarning murojaat va takliflarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirish, yoshlarning manfaatlarini mahalliy Kengash faoliyatida yanada faol ilgari surish bo‘yicha fikr almashdilar.
Yoshlarning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish demokratik boshqaruvning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova bilan hamkorlikda deputat U. Allaberganov o‘ziga biriktirilgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Deputatlar hudud obodonligini ta’minlash, aholiga qulay va munosib sharoit yaratish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G. Ro‘zmetova Oltin-Voha mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini joyiga chiqib o‘rgandi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan Oltin-Voha mahallasidagi Oltin-Chinor ko‘chasida piyodalar uchun yo‘lakcha barpo etish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur takliflar aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish nuqtayi nazaridan muhim ekanligi ta’kidlandi.
Deputat G. Ro‘zmetova bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G. Abdullayeva O‘rta qishloq mahallasida aholi bilan uchrashib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida Nastarin ko‘chasi, 15-uyda yashovchi Matqurbonova Gulbahor tomonidan ko‘chada piyodalar harakati uchun 600 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini barpo etish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalasida murojaat bildirildi.
Deputat mazkur murojaatni o‘rganib, aholining munosib yashashi, xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash muhimligini ta’kidladi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda fuqarolarning deputatlik korpusiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Gulsara Ro‘zmetova 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrdagi O‘RQ-585-sonli “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida yoshlarni ijtimoiy faollikka, tashabbuskorlik va fuqarolik mas’uliyatiga ruhlantirish, volontyorlik faoliyatini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Deputat tomonidan qonun talablarining amaliyotga to‘liq va samarali tatbiq etilishi, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy foydali tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish va bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Munosabat
Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti
2026 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakat tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvi yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ushbu ochiq muloqot tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Deputatlik faoliyatimizda ushbu muloqotda belgilangan vazifalarni qonunchilik nazorati vositalari orqali qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning joylarda samarali amalga oshirilishini nazorat qilish muhim vazifalardan biri bo‘ladi.
Biz, deputatlar, ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda, hududlarda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarning amalda samarali ishlashi, yangi loyihalarning ro‘yobga chiqishi, aholi bandligi va farovonligining oshishiga munosib hissa qo‘shishimiz lozim.
Tangriberganov Maxmud Ollaqulievich
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi, deputat