Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Shodmonov, Jamoat fondi direktori O.Husanov hamda mahalliy kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani Sherobod, Mehnatobod, Iqbol, Oltin voha, Ilgaldi, Ko‘ktom, Ko‘nazey, Qorovul mahallalarida o‘rganishlarni boshladi.
O‘rganishlar jarayonida toza ichimlik suvi va tomorqa uchun oqova suv, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari muammolari hamda o‘z yechimini kutayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa masalalarga e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu muammolarning manzilli va samarali yechimiga qaratilgan grant tanlovlar e’lon qilinishi rejalashtirilgan.