Yunusobod tumanidagi “Adolat” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣Muloqot davomida “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi. Deputatlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratdilar.
📌Shuningdek, rejalashtirilgan loyihalar, qurilish-ta’mirlash ishlari va ularni amalga oshirish muddatlari yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi. Bildirilgan takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi belgilandi.
⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Mazkur qonun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.