YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Yo‘lchilar OFY hududida joylashgan bolalar maydonchalari hamda sport maydonchasining holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida bolalar maydonchalarida yaratilgan sharoitlar, o‘yin jihozlarining sozligi, maydonchalarning saqlanish holati hamda hududning obodonlashtirilganlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, sport maydonchasining holati, aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va mavjud sport jihozlaridan foydalanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
🔹 Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ochiq havoda xavfsiz o‘ynashi hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda bunday maskanlarning ahamiyati muhim ekani ta’kidlandi.
📌 O‘rganish jarayonida maydonchalarning doimiy tozaligi va tartibli saqlanishi, jihozlardan xavfsiz foydalanish hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla hududida bolalar va yoshlar uchun qulay, xavfsiz hamda zamonaviy sharoitlarni ta’minlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar holatini nazorat qilishdan iborat.