#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati
#24_ta_muhim_masala
YOSHLAR SPORTI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov tomonidan 18-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining saqlanish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyatlari hamda mavjud sport jihozlarining holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, sport zalidan samarali foydalanish va zarur sharoitlarni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda ta’lim muassasasidagi sport infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashishdir.