Briktirilgan tshkilot bilan xamkorlik
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati N. Baymuratova o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Tuman davlat soliq inspeksiyasida bo‘lib, inspeksiya rahbari O‘lmasbek Ashirov bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida tashkilotning joriy faoliyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, masalalarni tizimli hal etish, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tartibda hal etish hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.