Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Qaror ijrosi bo‘yicha taqdim etilgan hisobotda 2026-yil 3-chorak yakuniga qadar Shirin shahar 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining kirish-chiqish yo‘lagiga turniket o‘rnatish, shuningdek, yil yakuniga qadar ushbu amaliyotni shahardagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etish belgilangan edi.

➡️Mazkur topshiriq ijrosining amaldagi holatini aniqlash maqsadida deputat tomonidan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga joyiga chiqib, turniket o‘rnatilishi va undan foydalanish holati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud holat hamda kelgusida shahardagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turniketlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, Kengash qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 2