Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-At-Termiziy saylov okrugi deputati B. Umarov hamda kotibiyat mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan deputat saylangan At-Termiziy MFYdagi mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaga biriktirilgan tashkilot faoliyati, aholi bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida deputatning mahalla bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3