Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangi O‘zbekiston qiyofasi — har bir xonadonda

Yangi O‘zbekiston qiyofasi — har bir xonadonda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-At-Termiziy saylov okrugi deputati B. Umarov hamda kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan deputat saylangan At-Termiziy MFY hududida fuqarolar bilan xonadonma-xonadon yurib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aniqlangan masalalar murojaatlar daftariga qayd etildi.

Shuningdek, xonadonlardan birida tomorqadan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishildi. Unda rukkola yetishtirilayotgani, xonadonda esa qulupnay ekib, hosil olish ishlari yo‘lga qo‘yilgani ko‘zdan kechirildi.

Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu — Yangi O‘zbekiston qiyofasi: mehnat, tashabbus va farovon xonadonlar!

Slide 1 of 4