Tadbir davomida bugungi kunda jamiyatda uchrayotgan turli xavf-xatarlarning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, jamoat xavfsizligi va osoyishtalikni ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliyati xususida fikr almashildi.
Shuningdek, fuqarolarni hushyorlik va ogohlikka chaqirish, mahallada tinchlik va totuvlikni asrash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish borasida hamkorlikni yana-da kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.