DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Madalimov Anhor mahallasida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, shuningdek, mahalladagi osoyishtalikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorligi, muammoli oilalar hamda profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.