Deputat_nazorati ♻️
Fuqarolar murojaati amaliy natija bilan yakunlandi
♻️Fuqarolardan kelib tushgan murojaatda O‘rikzor mahallasidagi qabriston hududi qarovsiz qolgani, hududda chiqindilar to‘planib, obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlari talab etilayotgani qayd etilgan edi.
♻️Mazkur murojaat Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati N.Bayzakova tomonidan o‘rganilib, nazoratga olingan.
♻️Deputat sa’y-harakati va mas’ullar bilan hamkorlikda qabriston hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
♻️Shuningdek, ta’mirtalab joylar aniqlanib, ularni ta’mirlash ishlari ham bajarildi.
🌿 Hudud obodonlashtirilib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala amaliy yechimini topdi.