#Deputat_faoliyati
Deputatlik nazorati — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-saylov okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan Chinor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
♻️O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning mahallada ijro etilishi, aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
♻️Shuningdek, «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.