🎥 “Deputatlar minbari” — yangi loyiha start oldi!
Samarqand televideniyesi bilan hamkorlikda “Deputatlar minbari” nomli yangi teleloyiha yo‘lga qo‘yildi.
📺 Bugun mazkur ko‘rsatuvning ilk soni suratga olindi. Unda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari T. Djaxangirov va Sh. Qudratov, shuningdek, Samarqand shahar Kengashi deputati O. Pardayev ishtirok etdi.
🗣 “Deputatlar minbari” — deputatlarning faoliyati, tashabbuslari, hududlarda olib borayotgan ishlari va aholi bilan muloqotini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan yangi muloqot maydoni.
📌 Ilk son suratga olindi. 12-sentabr kuni soat 11-00 da “Deputatlar minbari” ekranlarda!