35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QO‘ZIROBOD MAHALLASINING ICHKI KO‘CHALARI HOLATI O‘RGANILDI

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 8-band ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi. Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muhammedova Barno Farxodovna Qozirobod mahallasida bo‘lib, hududning ichki ko‘chalari holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning obodonlashtirilishi, yo‘l qoplamalari va hududdagi mavjud muammolarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputat mahalla aholining fikr-mulohazalari, takliflari va murojaatlarini tingladi.

Aholi tomonidan bildirilgan masalalar o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahallada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi.

Mahallalar obodligi va aholi manfaatlarini ta’minlash — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 3