35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida "Polvontosh" mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

✅Bandixon tumanida aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallalarda qulay yashash muhitini barpo etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi A.Allamuradov "Polvontosh" mahallasida bo‘lib, hududni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish masalalari yuzasidan soha mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅Tadbirda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev, 5-Polvontosh saylov okrugi deputati O.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov qatnashdilar.

✅Yig‘ilishda "Polvontosh" MFY hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, obodonlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅Deputatlar va mutasaddi tashkilot rahbarlariga har bir ko‘cha va xonadonda obodlik ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini deputatlik nazorati ostida amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1